Koronavirus bilan kasallangan Qozog’iston fuqarosi u bilan aloqada bo’lgan odamlar to’g’risida ma’lumot berishdan bosh tortgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqida yakshanba kuni Olmaota politsiya boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Evrensel

“Olmaota politsiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallangan bemorlardan biri sanitariya xizmatlarining ishlariga har tomonlama to’sqinlik qildi va kasallikdan keyin u bilan bog’langan fuqarolarning ma’lumotlarini ataylab berishdan bosh tortadi. Ayol Jinoyat kodeksining 304 – moddasi (Sanitariya qoidalarini yoki gigiyena qoidalarini buzish) bo’yicha jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan”, – deyiladi bayonotda.

Shuningdek, jinoyatchiga ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum qilish bilan uch yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqta Qozog’iston respublikasida koronavirus bilan og’riganlar soni 8 nafarni tashkil etmoqda.