Mamlakatimizning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, “COVID – 19” koronavirusining pandemiyasi munosabati bilan 2020 yil 16 mart soat 8:00 dan 15 aprel soat 7:00 gacha Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan mamlakatda favqulodda holat joriy etildi.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Xususan, farmonda barcha transport vositalari orqali Qozog‘iston Respublikasi hududiga kirish, shuningdek, uning hududidan chiqishga cheklovlar belgilangan, Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurayotgan Qozog‘iston Respublikasi va xorijiy davlatlar diplomatik xizmati xodimlari, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari a’zolari bundan mustasno.

Hujjatga ko‘ra yirik savdo obyektlari faoliyati cheklanadi, savdo-ko‘ngilochar markazlar, kinoteatrlar, teatrlar, ko‘rgazmalar va boshqa omaviy to‘planish obyektlari vaqtincha to‘xtatiladi, tomosha, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni, shuningdek oilaviy va xotira tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarga vaqtincha, shu jumladan tranzit orqali Qozog‘istonga bormaslikni tavsiya qiladi va Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizil-O‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Eslatib o’tamiz, ayni vaqtda Qozog’iston respublikasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 kishini tashkil etmoqda.