O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemor Uzbekistan Airways‘ning 10 martdagi Parij – Toshkent reysida kelgan (reys Toshkent vaqti bilan 11-martga o‘tar kechasi qo‘ngan). Bu haqida “Interfax” agentligio‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

uzbekistan airways aeraport samolyot evakuatsiya koronavirus janubiy koreya
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Avvalroq O‘zbekistonda 15-mart kuni soat 6:00 da koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani, bemor o‘zbekistonlik ayol ekani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning oila a’zolari ham tibbiy kuzatuvga olingan.

“Interfax” nashrining qo‘shimcha qilishicha, Parijdan Toshkentga bemor ayol bilan birga yana 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi uchib kelgan. Ular orasida 24 nafar tranzit yo‘lovchi, jumladan, to‘rt nafar fransiyalik, bir nafardan Italiya va Braziliya fuqarolari bo‘lgan.