Tonga qirolligida vulqon otilishi natijasida yuzaga kelgan sunami Yaponiya qirg‘oqlariga yopirildi, deb xabar bermoqda Japan Times.

Foto: RIA Novosti

Yaponiya janubi-g‘arbiy qismidagi Amami orollari qirg‘og‘ida balandligi taxminan 1,2 metr bo‘lgan sunami qayd etildi. Mumkin bo’lgan zarar haqida ma’lumot berilmagan. Yaponiya Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, bu orollarga to’lqin balandligi 3 metrgacha yetishi mumkin.

Bundan tashqari, Yaponiyaning butun Tinch okeani sohillari bo’ylab turli hududlarda balandligi 30dan 90 sm.gacha bo’lgan sunami yetib borishi mumkinligi aytilgan.

Yaponiya hukumati mamlakat aholisini zudlik bilan qirg‘oqbo‘yi hududlarini tark etishga chaqirmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Tonga orolida vulqon otilishi ortidan Amerika Samoasida sunami xavfi e’lon qilingani xabar berilgandi.