Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev ancha oldin vafot etganini aytdi. Bu haqda siyosatchi “Komsomolskaya pravda” radiosida gapirdi.

“Menimcha, u ancha oldin vafot etgan. U dafn ham etilgan. Musulmonlar bir kunda dafn qilishadi. Xo’sh, jimgina yashirining, hech narsa demang va tirik bo’ling? Bu istisno. Bundan tashqari, davlat xavfsizlik qo’mitasi raisi darhol hibsga olingan”, degan Jirinovskiy.

Liberal-demokratik partiya yetakchisiga ko‘ra, xalq sobiq rahbarga qarshi qurol ko‘tardi va shunchaki ular undan qutulishdi.

Avvalroq qator OAVlar sobiq prezident Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida mamlakatni tark etishi mumkinligini taxmin qilgan edi, chunki u mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha birorta ham bayonot bermagan. Keyinroq u Qozog‘istonni tark etmagani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 2019-yil mart oyida Prezident lavozimini Qosim-Jo’mart To‘qayevga topshirib, Elboshini maqomini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirgandi.