Hindiston poytaxti Dehli shahri sharqidagi bozorlardan biriga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma Hindiston politsiyasi xodimlari tomonidan topilib, zararsizlantirildi.  Bu haqda India Today ma’lum qildi.

Foto: Google

Bomba 1,5 kg og‘irlikda bo‘lib, uni mobil telefon yordamida faollashtirish mumkin bo‘lgan.

Politsiyaning qayd etishicha, qurilmani Hindiston milliy bayrami – 26-yanvarda nishonlanadigan Respublika kuni arafasida portlatish rejalashtirilgan.

Rasmiylar agar jinoyatchilar o‘z rejalarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishsa, portlash ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.