Qozog‘istonda tartibsizliklar sababli joriy etilgan favqulodda holat Aqto‘be viloyatida 16-yanvardan bekor qilinadi, tegishli farmonni respublika prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev imzolagan. Bu haqda RIV Novisti xabar bermoqda.

foto: Google

“Qozog‘iston Respublikasining ‘Favqulodda holat to‘g‘risida’gi qonunining 9-moddasiga muvofiq, men 2022-yil 16-yanvar soat 07:00dan (Toshkent vaqti bilan 06:00) Aqto‘be viloyati chegaralarida favqulodda holat tartibini bekor qilishga qaror qilaman”, – deyiladi Qozog‘iston rahbari saytida e’lon qilingan farmon matnida.

Ma’lumot uchun, shu yilning yanvar oyi boshidagi tartibsizliklar vaqtida namoyishchilar Aqto‘be shahar meriyasi binosini egallab olishgan.

Shuningdek, To’qayev 14-yanvar kunu Chimkent, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Oqmo‘la va Qo‘stanay viloyatlarida favqulodda holat rejimini bekor qildi. Bundan bir kun avval Shimoliy Qozog‘iston, G‘arbiy Qozog‘iston va Pavlodar viloyatlariga nisbatan ham shunday qarorlar qabul qilingandi.