“KazTransOyl” AJ boshqaruvi raisi Dimash Dosanov va “QazaqGaz” milliy kompaniyasi AJ boshqaruvi raisi Kayrat Sharipbayevning vakolatlari tugatildi, deb xabar berdi “Interfax”.

Foto: Google

Unga ko’ra, Qozog‘istondagi yirik davlat aktivlarini boshqaradigan “Samruk-Qazina” fondi “KazTransOyl” kompaniyasi rahbari Dimash Dosanov hamda “QazaqGaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Kayrat Sharipbayev lavozimidan ozod etilganini e’lon qildi.

Mamlakatdagi eng yirik kompaniyalarni boshqaradigan ushbu shaxslar Nursulton Nazarboyevning ikki qizi – Aliya va Darig‘a Nazarboyevalarning turmush o‘rtog‘lari hisoblanishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aliya Nazarboyeva Qozog‘istondagi hodisalardan shafqatsiz saboq olinganini qayd etgandi.