AQSh sunami haqida ogohlantirish markazi (NWS) sayti xabariga ko‘ra, Tonga orolida vulqon otilishi ortidan Amerika Samoasida sunami xavfi e’lon qilindi.

Foto: RIA Novosti

Avvalroq mahalliy Matangi Tonga axborot portali Tinch okeani janubidagi Tonga orol davlatidagi Xunga Xaapai vulqonining otilishi haqida xabar bergan. Rasmiylar sunami xavfi haqida ogohlantirgan.

“Amerika Samoasi ayni damda sunami xavfi ostida… Ayni paytda xavfli sunami to’lqinlari qirg’oqbo’yi hududlarini suv bosishi xavfi mavjud”, – deyiladi xabarda.

Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.