Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Foto: Google

Qayd elishicha, joriy yilning 11-yanvar kuni soat 02:00larda muqaddam sudlangan 23 yoshli V.X. mast holatda bo‘la turib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish maqsadida, o‘zining sinfdoshi 22 yoshli K.A.,ning Olmaliq shahar A.Temur ko‘chasida joylashgan xonadoniga kelib, jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida xonadonda joylashgan hojatxonaga kirib chiqishni aytib, rad javobini eshitganidan so‘ng xonadon egasini yuziga qo‘li bilan bir marotaba urib, xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxona stolida turgan 10 000 so‘m va 700 AQSh dollari pullari hamda bir dona narxi 1 000 000 so‘mlik “Huawei P8 lite” rusumli qo‘l telefonini olib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, V.X. ushlanib, uning yonidan 700 AQSh dollari hamda “Huawei P8 lite” rusumli qo‘l telefoni ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.V., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.