Yaponiyada koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallangan bemorning o‘limi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda RIV Novosti.

Foto: Google

Uning so‘zlariga ko‘ra, 11-yanvar kuni Sydzuoka shahrida koronavirusdan vafot etgan keksa erkakda “omikron” shtammi borligi tasdiqlangan.

Bir kun avval Yaponiya 1-sentabrdan beri yangi koronavirus infeksiyalarining kunlik eng yuqori o’sishini qayd etdi ya’ni mamlakatda 22 045ta holat tasdiqlangan va kun davomida 11 kishi halok bo’lgan.

Shuningdek, shu hafta boshida “omikron” shtammi Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida aniqlangani haqida xabar berilgan.

Ma’lumot uchun, epidemiyaning butun davri davomida infeksiyalarning kunlik maksimal o’sishi 20-avgustda qayd etilgan va shu kuni Yaponiyada 25 992ta holat aniqlangan.