Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar erkak o‘rtasida kelishmovchilik aks etgan video tarqalgan edi.

Foto: Skrinshot

Toshkent shahar IIBBning UzNews nashriga xabar berishicha, mazkur hodisa 12-yanvar kuni taxminan soat 10:00da poytaxtning Mirobod tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 48 yoshli O.X. birga yashashni istamagan o‘g‘li 22 yoshli A.X.ni kuch bilan olib ketmoqchi bo‘lgan.

A.X. esa bunga qarshilik qilgan va natijada ota va o‘g‘il o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, A.X. tan jarohatlari olgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB FMB tomonidan O‘zR JKning 105-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.