Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Shu yilning 6-yanvar kuni Qo’qon shahrida Y.S ismli shaxs IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Shoxruxobod koʻchasida joylashgan savdo majmuasidagi oshxonada stol ustida qarovsiz qoldirgan ayollar sumkasi va ichida boʻlgan narxi 15 000 000 soʻmlik tilla- taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Y.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda Y.A ismli ayolga nisbatan tergov surushtruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.