YouTube’dagi Like Nastya kanali boshlovchisi rossiyalik Anastasiya Radzinskaya Forbes talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi blogerlar o‘nligidan joy oldi. Bu haqda RIV Novosti xabar bermoqda.

Foto: Google

Jurnalda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra, 2021-yilda u 28 million dollar ishlab, reytingda oltinchi o’rinni egallagan. 2019-yilda u uchinchi marta ro’yxatga kiritilib, uchinchi o’rinni, 2020-yilda esa yettinchi o’rinni egallagan.

Birinchi o‘rinda MrBeast nomi bilan tanilgan Jeyms Donaldson bir yilda 54 million dollar ishlab topgan. Ikkinchi qatorda bokschi va videobloger Jeyk Pol – uning daromadi 45 million dollarni tashkil etgan. Kuchli uchlikni bir yilda 38 million dollar ishlab topgan Markiplier nomi bilan tanilgan Mark Fishbax yakunlagan.