Gollandiyaning Utrext universiteti va Erazmus tibbiyot markazining olimlari koronavirus bilan kurashishda yordam beradigan antikor topdilar, deb xabar bermoqda Gollandiyaning “Dutch News” gazetasi.

Foto: RIA novosti

“Noto’g’ri umidlarga berilmaslik juda muhim, ammo bu kashfiyot istiqbolli”, dedi ilmiy guruh rahbari Berend-Jan Bosch nashrga. “Ammo uning odamlar ustida qanday ishlashi haqida taxmin qilish hali juda ertga”, deya ta’kidlaydi.

Hozirgi vaqtda tadqiqot nufuzli ilmiy jurnalda nashr etilishidan oldin uning taqrizini kutishmoqda, deyiladi xabarda.

Grosveldning aytishicha, agar dori qabul qilinsa, u infeksiyani to’xtatadi va bemorga tuzalishi uchun vaqt beradi.

Tadqiqot ustida ishlaydigan virusologlar ushbu davolash usulini emlashdan ko’ra tezroq ishlab chiqish mumkinligini ta’kidlashdi, ammo bu qimmatroq bo’lishini aytishmoqda.

11 mart kuni Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti yangi COVID – 19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoda 135 mamlakatda 156 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ularning aksariyati tuzalib ketgan, 5,3 mingdan ko’proq odam vafot etgan.