Rossiyaning Ukrainaga “bosqini” joriy yil yanvar yoki fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Bu haqda AQSh ma’muriyati vakili Jen Psaki ta’kidladi. Bu haqda RIA novosti xabar bermoqda.

Foto: PBS

“Biz Rossiya hukumati “bosqinga” tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirdamiz. Biz buni avval ham ko‘rganmiz va bu bizni 2014-yilga, jumladan, Ukrainani mamlakat sharqidagi Rossiya kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirishda ayblash uchun sabotaj va axborot operatsiyalariga qaytaradi. Rossiya harbiy rejalari yanvar va fevral o‘rtalarida boshlanishi mumkin bo‘lgan harbiy bosqindan bir necha hafta oldin bunday faoliyatni boshlashdan iborat”, degan Psaki brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bunday bosqin uchun bahona to‘qishi mumkin. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida da’volar ilgari surilmoqda. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, u bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.