Kecha, 14-yanvar kuni O‘zbekistonda 876 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakatda bu dardga yo‘liqqanlar soni 204 173 nafarga yetdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 13 nafari Andijon viloyatida;
  • 20 nafari Buxoro viloyatida;
  • 53 nafari Jizzax viloyatida;
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 7 nafari Navoiy viloyatida;
  • 23 nafari Namangan viloyatida;
  • 48 nafari Samarqand viloyatida;
  • 17 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 37 nafari Xorazm viloyatida;
  • 135 nafari Toshkent viloyatida;
  • 451 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar;
  • Andijon viloyatida 17 nafar;
  • Buxoro viloyatida 11 nafar;
  • Jizzax viloyatida 24 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 38 nafar;
  • Navoiy viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 9 nafar;
  • Samarqand viloyatida 76 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 3 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar;
  • Xorazm viloyatida 25 nafar;
  • Toshkent viloyatida 61 nafar;
  • Toshkent shahrida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 198283 (+341) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qildi.