AQShning Nyu-Jersi shtatining Passaik shahridagi kimyoviy moddalar omborida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi CBS New York telekanali.

Foto: Google

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, uch qavatli bino 14-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:30da (Moskva vaqti bilan bugun kuni 4:30) yonib ketgan.

Shahar meri Ektor Lora ombor yaqinida yashovchi barcha aholini uylarining derazalarini yopishga chaqirgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.