Qashqadaryoda Nexia “KamAZ” tirkamasiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Skrinshot

Qayd etilishicha, 2022-yil 11-yanvar kuni soat 05:30larda Nishon tumani “Ko‘ksoy” MFY hududidagi yo‘lda Nexia haydovchisi Qarshi shahri tomondan Nishon shahri tomon harakatlanib ketayotgan vaqtda shu yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib chiqqan “KamAZ”ning orqa tirkamasiga urilgan.

YTH oqibatida “Nexia” haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi esa og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqiziladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transportdan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.