Yerni 16, 17-yanvar kunlari kuchli darajadagi magnit bo‘roni qoplaydi. Bu haqda “Cursorinfo” xabar berdi.

Foto: Google

Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, magnitosferaning oy davomidagi eng kuchli tebranishlari kutilmoqda. Bu hodisaning eng yuqori darajasi 16-yanvar, yakshanba kuni sodir bo‘ladi. Biroq keksalar, ob-havoga sezgir va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarning salomatligi 15 yanvar, shanba kunidan yomonlashishi aytilgan.

Mutaxassislar magnit bo‘ron G1 -Kp 5 darajasiga chiqishini aytgan. Biroq 17-yanvar, dushanba kuni u pasayadi. Mutaxassislar shunga qaramay salbiy ta’sir 18-yanvargacha saqlanib qolishi mumkinligidan ogohlantirgan.

“Space Weather Prediction Center” prognoziga ko‘ra, geomagnit maydon faolligi nafaqat 16–18 yanvar, balki 23–26 yanvar kunlari ham bo‘lishi kutilmoqda, faol chaqnashlar esa 28-dan 30-yanvargacha kuzatilishi mumkin.

“17-yanvar va 8-fevral kunlari geomagnit maydon faolligining sezilarli darajada oshishi kutilmoqda”, — deya ogohlantirgan ekspertlar.

Magnit bo‘roni inson organizmiga qanday ta’sir qilishi mumkin?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlari, hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 16-yanvarda kutilayotgan “qizil” darajadagi bo‘ronlar hatto elektr nosozligi va aloqa muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;
  • diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimning buzilishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • tana og‘rig‘i, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
  • holsizlik hissi.