Ulug‘bek Islomovich Muhammadiyev prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: DXA

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Ulug‘bek Muhammadiyev 1977-yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti (tatbiqiy matematika va huquqshunoslik yo‘nalishlari), prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (xalqaro munosabatlar yo‘nalishi)ni tamomlagan.

2001–2008 yillarda prezident devoni, prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi kotibiyatida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. 2008–2017 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yil kuzida uning o‘rniga Baxtiyor Islomov prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganovning birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.