Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Foto: EADaily

Yer silkinishlari aksariyati Afg‘onistonda joylashgan Hindukush tog‘larida Grinvich bo’yicha 16:13 (Toshkent vaqti bilan 21:13) da qayd etildi. Zilzila epimarkazi Tojikistonning Ishkashim qishlog‘idan 25 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Markazi 100 kilometr chuqurlikda aniqlangan.

Mumkin bo’lgan qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo’q.