Britaniyaning “The Economist” nashri Qozog‘istondagi voqealarga baho bergan maqolasini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda o‘zgarishlarga yagona umid bo‘lib qolayotgan mamlakat ekani aytib o‘tilgan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Nashr sharhlovchilari korruptsiyalashgan tuzumni Qozog‘iston inqirozining asosiy sababi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, quyidagi muammolar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga xos ekanligi ta’kidlanadi:

  • xomashyo tovarlari eksportiga qaramlik;
  • aholining sezilarli mehnat migratsiyasi;
  • iqtisodiyotdagi beqarorlik;
  • uyushgan jinoyatchilik.

Maqolada, shuningdek, zarur islohotlarning yo‘qligi beqarorlikning manbai sifatida ko‘rsatilgan. Biroq, nashrning ta’kidlashicha, 2016-yilda hokimiyat tepasiga yangi rahbarning kelishi

  • majburiy mehnat amaliyotiga barham berdi;
  • oddiy fuqarolarga ko‘proq shaxsiy erkinlik berdi;
  • mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qildi.

Bu, nashr sharhlovchilariga ko‘ra, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi yaxshi xabar hisoblanadi.