Yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni, rossiyalik Habib Nurmagomedovning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Foto: Afisha.uz

Qayd etilishicha, 33 yoshli sportchi ayni vaqtda Singapurdagi mehmonxonalardan birida karantinga olingan.
 
Eslatib o‘tamiz, “Burgut” faoliyatidagi so‘nggi jangini 2020-yil oktabr oyida o‘tkazgan. O‘shanda u UFC 254 turnirida Jastin Getjini ikkinchi raundda uchburchak bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi. Jangdan so‘ng, Habib MMA’dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. 

Ma’lumot uchun, Nurmagomedov karerasida 29ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.