Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Turkiston” metro bekatida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Foto: FVV axborot xizmati

Videoda aytilishicha, holatni bartaraf etish uchun 4ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

FVV rasmiy xabariga ko’ra, bugun, 14-yanvar kuni soat 18:12da Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan o’tuvchi metroning “Turkiston” bekatida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga kelgan.

“Natijada ayrim vagonlarga tutun kirgan. Ushbu holat bo’yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar zarur chora-tadbirlarni olib bordi va xavf bartaraf etildi. Voqea natijasida jabrlangan fuqarolar yo’q. Ayni vaqtda metro qatnovi reja asosida davom etmoqda”, deyiladi FVV xabarida.

Ayni paytda Yunusobod metro liniyasida poyezdlar kechikishi kuzatilmoqda. Bunga “Turkiston” bekatidagi yong‘in sabab ekani aytilmoqda.