Qozog’istonning Olmaota viloyatida elita buyum va qurollari bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda Orda nashri xabar berdi.

Foto: Orda

Xabarga ko’ra, Olmaota viloyatidagi qishloqlardan birida yashovchi ikki nafar asli o‘zbekistonlik 26 yoshli J. va 22 yoshli K. Olmaota shahridagi Raiymbek shoh ko‘chasi bo‘ylab mitingda ishtirok etib, “Texnodom” va “RedPark” do‘konlariga hujum qilganlikda gumon qilinmoqda.

Gumon qilinayotganlar Satpayev ko‘chasi bo‘ylab joylashgan maydonda elita quroli, 12 kalibrli patronlar va shovqinli granatani topib, moslashtirgan.

Politsiya xodimlari sudlanuvchilardan o‘g‘irlangan maishiy texnika, kiyim-kechak va ichimliklarni olib qo‘yishgan.

Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan. Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Ma’lumoot uchun, yanvar oyi boshida Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Keyinchalik harakatlar tartibsizliklarga aylanib ketgan. Namoyishchilar talabi bilan Qozog‘istonning o‘tgan hukumati iste’foga chiqgan so’ng, avval bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Alixon Smoilov yangi bosh vazir etib tayinlangan.