Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi tug‘uruqxonada bir kunda uch nafar egizak qizaloq va Fotima-Husan ismli chaqaloqlar dunga keldi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Gulilaylo Tugalova xabar berdi.

Foto: KunUz

Qayd etilishicha, Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismli qizaloqlar Jamshid Sattorov hamda Muhsina Sunnatovalar xonadonida dunyoga kelgan. Fotima va Husan ismli egizak chaqaloqlar tumandagi Ahmedovlar oilasida tug‘ilgan.

“Egizak qizaloqlar 2022-yilning 11-yanvar kuni Xo‘jahayron qishlog‘ida yashovchi Jamshid Sattorov xonadonida tug‘ilgan. Qizaloqlar muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa-da, ahvoli yaxshi. Ayni kunda shifokorlar nazoratida”, degan Gulilaylo Tugalova.

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ayni shu kuni tuman markazida yashovchi Ahmedovlar oilasida ham ikki nafar egizak — Fotima va Husan ismli chaqaloqlar dunyoga kelgan.

Avvalroq Sirdaryoda ham 3 nafar egizak dunyoga kelgani aytilgandi. Shuningdek, Navoiyda 4 egizak tug‘ilib. ularga Madina, Muslima, Yunus va Yulduz ismlari qo‘yilgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida 16 ming 822 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan.