Toshkentning Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li va Bobur ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobil yo‘lidagi ko‘prik qisman yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Footo; Google

Ma’lum qilinishicha, avtomobil yo‘l o‘tkazgichining aeroport yo‘nalishidagi tomonining bitta yo‘lagini ta’mirlash ishlari boshlangan. Yo‘lsozlik tadbiri 15 kun davom etadi. Shu sababli mazkur yo‘l o‘tkazgichning aeroport yo‘nalishi tomoniga harakat mavjud uchta yo‘lakning ikkitasida amalga oshiriladi.

Avvalroq Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘idagi ikki tomonlama yo‘lning bir tomoni 7–17 noyabrgacha qisman yopilgan edi.