Malayziya fuqarosi besh yil davomida 933ta selfi suratga oldi va ulardan million dollar ishlab topdi, deb yozadi World of Buzz. Erkak o’z fotosuratlarini NFT tokenlariga aylantirgan va ularni sotishni boshlagan.

Foto: RIA novosti

Malayziyalikning so’zlariga ko’ra, u 2017-yilda kompyuter qarshisida o‘tirgan holda birinchi selfiga tushgan va u yillar davomida qanday o’zgarib borayotganini tashqaridan ko’rishga qiziqqan. Bu vaqt ichida u mingga yaqin fotosuratlar to’plamini to’plagan va 9-yanvar kuni u har bir rasmni NFTga aylantirishga va uni 3 dollardan sotishga qaror qilgan.

Erkakning bu go’yasi u uchun kutilmaganda muvaffaqiyatli bo’ldi. Fotosuratlar muallifning budjetini to’ldirib, tarqala boshladi. Endi u malayziyalik xaridorlardan oqilona bo’lishni so’ramoqda.

“Siz xohlagan narsani qilishingiz mumkin, lekin iltimos, mening suratlarimni suiiste’mol qilmang”, – degan u mijozlarga.

Avvalroq, Vikipediya veb-saytida birinchi yozuv NFT token shaklida 750 000 dollarga auktsionda sotilgan.