Qozog‘istonda “omikron” shtammi paydo bo‘lishi va COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshgani munosabati bilan bugundan qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Qozog’iston sog’liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Google

Xabar qilinishicha, savdo majmuasi va tarmoqlari, sport, fitnes klublari, yoga markazlari, basseyn va saunalarga kirish uchun endi emlangalikni tasdiqlovchi sertifikat talab qilinadi.

Shuningdek, mijozlardan yetti kun ichida topshirilgan PZR testi “salbiy” natijasi talab qilinadi. Bunday muassasalarga uch oy ichida koronavirus bilan kasallangan kishilar ham kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Bu bejiz emas, albatta. Chunki Qozog‘istonda so‘nggi kunlarda kasallanish holatlari keskin oshib bormoqda.

Misol uchun, mamlakatda 10-yanvarda 2230, 11-yanvarda 4890, 12-yanvarda 9180 nafar kishida COVID-19′ ro‘yxatga olingan bo‘lsa, kecha yangi holatlar soni 10 500tadan oshib ketgan.

Ma’lumot uchun, hozirga kelib ushbu davlatda koronavirus holatlari soni 1,1 mln.dan oshgan.