Tesla rahbari Ilon Mask, vahimali koronavirus tufayli, bozorning beqarorligi sabab 5,5 milliard dollar yo’qotdi, deya xabar beradi Forbes jurnali.

Foto: Google

OPEK + 6 martdagi davlatlar neft qazib olishni qisqartirish uchun bitim parametrlarini o’zgartirish yoki uni uzaytirish to’g’risida ham kelisha olmadilar. Natijada 1 apreldan avvalgi ittifoqqa a’zo mamlakatlarda neft qazib olish bo’yicha cheklovlar olib tashlandi. Ushbu omil koronavirusning tarqalishi haqidagi yangiliklar bilan bir qatorda, neft va boshqa bozorlarda inqirozga sabab bo’ldi.

O’tgan hafta nafaqat Ilon Mask uchun oson kechmadi. Nashr ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi yetti kun ichida dunyodagi eng katta o’nta milliarder qariyb 76,4 milliard dollar yo’qotgan.

Amazon kompaniyasi bosh direktori Jeff Bezos 6 milliard dollar yo’qotishlariga qaramay, dunyodagi eng boy odam unvonini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Ayni paytda uning boyligi 110,5 milliard dollarga baholanmoqda.