“Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–82-son, 13.01.2022 y.) qabul qilindi.

Foto: Mel

Avvalroq, Qaror bilan Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilgani aytilgandi.

Universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etiladi.

Transformatsiya ofisi Universitetni 2026-yilgacha xalqaro reytingda birinchi 1000talik ro‘yxatga kiritishga mas’ul hisoblanadi.

Qaror bilan Universitetni 2022–2025 yillarda rivojlantirish dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Dastur doirasida yoshlarni ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va innovatsion ishlarga faol jalb etish asosida “Startap” markazi tashkil qilinadi.

Shuningdek, Universitetda quyidagilar tashkil etiladi:

  • Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
  • Muhandislik fizikasi instituti;
  • Universitetning Urgut filiali.

Mazkur institutlarda va Urgut filialida ta’lim kredit-modul tizimi asosida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.