SpaceX kompaniyasining Falcon 9  raketa tashuvchisi 105ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarish va Yerga qaytish missiyasini bajardi.

Foto: Reuters

Koinotga uchirilgan qurilmalar orasida 2019-yilda Ukrainaning “Yujmash” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Yerni masofadan zondlash “Sich-2-30” sun’iy yo‘ldoshi ham bor.  

Sun’iy yo‘ldosh so‘nggi o‘n yil ichida orbitaga chiqarilgan birinchi Ukraina kosmik apparati bo‘lgan. 

Uchirish AQSHning Kanaveral burnidagi kosmodromdan amalga oshirilgan. “Sich-2-30” orbitaga kirganidan keyin Ukraina hududi uzra uchib o‘tgan va missiyani boshqarish markazi bilan bog‘langan. Ukraina sun’iy yo‘ldoshidan tashqari, Falcon 9 yana 104ta kichik kosmik apparatni, shu jumladan Starlink internet tizimining boshqa sun’iy yo‘ldoshlari turkumini uchirgan. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uchirilish muvaffaqiyatli amalga oshirilganini qayd etgan. 

“Ukraina sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan birinchi suratlarni intiqlik bilan kutaman”, deb yozgan u Twitter’da.