Shavkat Mirziyoyev Qurolli kuchlarning 30 yillik yubileyi va Vatan himoyachilari kuni bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni tadbiri o‘tkazilmoqda. Shuningdek, sana munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq Mudofaani boshqarish milliy markazida 13-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev raisligida xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.