Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.  

Foto: Google

Bugun O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo kirib kelmoqda. Hududlarning katta qismida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni havo 14-17° iliqgacha, Farg‘ona vodiysida 8-11° iliqgacha isiydi.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida bulutli bo‘ladi, Qoraqalpog‘istonda va kunning ikkinchi yarmida Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, havo harorati 2-7° iliqdan oshmaydi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Ushbu kunlarda havo harorati biroz pasayadi, yakshanba kuniga 9-14° iliqgacha pasayadi.

15-16 yanvar kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yomg‘irli beqaror ob-havo keyingi haftaning boshida ham saqlanib turadi. Havo haroratining pasayishi davom etadi va qish o‘rtasi uchun kuzatilgan me’yor 5-8° iliq, shimolda 3-8° iliq qiymatlarga yetadi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq O‘zbekistonda havo harorati keskin sovib, qor yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.