Hindiston rasmiylari koronavirus tarqalishi sababli Eron va Italiyadan 452 kishini evakuatsiya qildi, deb xabar beradi “RIA novosti” mamlakat TIV tayanib.

Foto: O’zA

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyan Yayishankar Twitter-dagi sahifasida yozishicha: “Eronda bo’lgan 234 hindistonlik Hindistonga keldi, ular orasida 131 talaba va 103 ziyoratchilar ham bor”, deyiladi xabarda.

U Eronning Hindistondagi elchixonasi va rasmiylariga evakuatsiyada yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.

O’z navbatida, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Twitter-ga Italiyadan 218 hindistonlik, shu jumladan Milandan kelgan 211 talaba evakuatsiya qilingani haqida xabar berib, ular allaqachon Dehli shahriga kelib qo’ngan, deyiladi xabarda. “Hamma 14 kun davomida karantindan chiqariladi. Hindiston hukumati qiyin ahvolda bo’lgan hindlarga, qayerda bo’lishidan qat’i nazar, yordam qo’lini cho’zishga harakat qilmoqda”, deb yozadi u.