Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan. Bu haqda FVV axborot xizmati Omma.uz muxbiriga xabar berdi.

Foto: FVV axborot xizmati

Xabarga ko’ra, bugun, 14 yanvar kuni soat 09:02da Toshkent shahar Olmazor tumani Qora-Qamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan. Yong‘in sanoqli daqiqalarda to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 80 kv.m. qismi yonib zararlangan.

Avvalroq, Yangihayot tumanidagi yong‘in oqibatida bir fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgandi.