Shimoliy Koreya bugun, 14-yanvar kuni Yapon dengizi tomonga yana bir raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati xabar bergan.

Foto: CC0 / DoD /

Shimoliy Koreya bu yil uch marta qurol sinovlarini o’tkazgan. Avvalgilar 5- va 11-yanvar kunlari amalga oshirilgan edi. Bu vaqtda rasmiylar gipertovushli raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan.

Qayd etilishicha, KXDR tomonidan uchirilgan raketa ballistik bo‘lishi mumkin. Xuddi shunday taxminni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi va Yaponiya Mudofaa vazirligi ham bildirgan. 

Yaponiya Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR raketasi allaqachon qulagan bo‘lishi mumkin, biroq hozirda halokatning aniq joyi o‘rganilmoqda. Xizmat Yaponiya dengizidagi kemalarni raketa qoldiqlari topilsa, ulardan uzoqroq turishga chaqirmoqda. 

Mavzuga doir: KXDR 700 kilometr uzoqlikdagi nishonni uruvchi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Qo‘shma Shtatlar BMTda o‘tgan yilning sentabr oyidan beri qayd etilgan ballistik raketa uchirilishiga javoban Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni taklif qilgan.

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi vakili ushb raketalarni “o’zini qonuniy himoya qilish” deb atagan va Vashingtonga “kuchliroq reaksiya” bilan tahdid solgan.