Hindistonda 12 vagonli yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va 70dan ortiq kishi jarohatlandi, dedi Shimoliy Sharqiy chegara temir yo‘li bosh direktori Anshul Gupta.

temir yo'l poyezd
Foto: Google

Poyezd halokati bir kun avval G‘arbiy Bengaliya shtatida yuz bergan. “Noma’lum silkinish” natijasida poyezdning 12ta vagoni relsdan chiqib ketgan yoki o‘zaro to‘qnashib ketgan, ulardan ikkitasi ag‘darilib ketgan.

“Ushbu hodisa tifayli 9 kishi halok bo’ldi va 70ga yaqin kishi jarohat oldi”, – dedi Gupta News18 ga.

Hozirda qutqaruv ishlari yakunlangan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisa vaqtida poyezdda 1053 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Hindiston temir yo‘llari vaziri mamlakat rasmiylari halok bo‘lganlarning oilalariga 500 ming rupiy, og‘ir tan jarohati olganlarga 100 ming rupiy, yengil jarohat olganlarga 25 ming rupiy to‘lashini ma’lum qilgan.