Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli ayol hali tug‘ilmagan, besh oylik bolasini 1 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan paytida tegishli huquqni muhofaza qilish organi tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: O’zA

Homilador ayolning uch nafar farzandi bo‘lib, to‘rtinchi bolani dunyoga keltirishni istamagan. Keyinchalik u ushbu tug‘ilajak zurriyodini sotish evaziga daromad topish ilinjida bo‘lib, tug‘ilajak farzandini sotib olishi uchun o‘zi yashaydigan tumandan talabgor topadi. Buning evaziga esa bir xonali uy olib berishini talab qilgan.

Bola olmoqchi bo‘lgan fuqaro uy olib berish uchun moddiy imkoniyatlari cheklanganini aytib, ushbu talabni rad etgan. Keyinchalik bola 1000 AQSh dollariga baholangan. Ayol tug‘ilajak bolasiga 500 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.