2022-yil 13 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 203297 (+824) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: O’zA

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 17 nafari Andijon viloyatida;
  • 11 nafari Buxoro viloyatida;
  • 47 nafari Jizzax viloyatida;
  • 36 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 5 nafari Navoiy viloyatida;
  • 15 nafari Namangan viloyatida;
  • 41 nafari Samarqand viloyatida;
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 30 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 28 nafari Xorazm viloyatida;
  • 124 nafari Toshkent viloyatida;
  • 434 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Andijon viloyatida 10 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 30 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 19 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Xorazm viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 52 nafar,
  • Toshkent shahrida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197942 (+239) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1511 nafarni tashkil qildi.

Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19’ning yangi “omikron” shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.