9-yanvar kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

Foto: Google

Qayd etilishicha fuqaro shu kuni soat 06:40larda, Namangan shahar hududida joylashgan jome masjidiga namoz o‘qishga kelib, masjid kirish eshigidagi ilgichga egnidagi kurtkasini ilib kirib ketganligidan foydalangan noma’lum shaxs, kurtkasining cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2 500 000 so‘mlik “Oppo A54” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006-yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2022-yil 9-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.