Rossiyaning Xabarovsk viloyati maktab-internatining 17 yoshli o‘quvchisi tengdoshi bilan janjal paytida pichoqbozlik uyushtirdi. Jarohat olgan o‘smir kasalxonaga yotqizilgan, hujumchiga nisbatan jinoiy ish ochilgan, deya xabar beradi Xabarovsk prokuraturasi sayti.

Foto: Sputnik

“2022-yil 10-yanvar kuni kechki payt Xabarovsk shahridagi 3-sonli maktab-internatining 17 yoshli ikki o‘quvchisi o‘rtasidagi mojaroda ulardan biri ikkinchisining ko‘kragiga pichoq bilan urib, teshib qo‘ygan”, — deyiladi prokuratura xabarida.

Ma`lum qilinishicha, jabrlanuvchi I. nomidagi bolalar viloyat klinik shifoxonasiga yetkazilgan va operatsiya qilingan.

Hujum qilgan shaxsga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-moddasi 1-qismi, 105-moddasi (“O’ldirishga urinish”) bilan jinoiy ish ochilgan.