NASA ma’lumotlariga ko’ra, 7482 (1994 PC1) asteroidi 18-yanvar kuni Yerga yaqinlashadi.

Foto: O’zA

Asteroidning kattaligi bir kilometrdan oshadi. NASA 7482 (1994 PC1) ni Apollon sinfidagi asteroid sifatida tasnifladi – potentsial xavfli. U 1994-yilda astronom Robert Maknaut tomonidan kashf etilgan.

Ta’kidlanishicha, 2022-yilda Yerga yaqinlashadigan asteroidlar orasida bu eng kattasi bo’ladi.

Avvalroq, 2029-yil bahorida Apofis asteroidi Yerga juda yaqin masofada yaqinlashishi, uni geostatsionar yo‘ldoshlar orbitalarining balandligi bilan solishtirish mumkinligi xabar qilingandi.

Roskosmos uning sayyoramiz bilan to’qnashuvi ehtimolini “juda, juda kichik” deb baholagan. VNII GOChS ma’lumotlariga ko’ra, asteroidning Yer bilan mumkin bo’lgan to’qnashuvi vaqtida ajralib chiqadigan energiya taxminan ikki ming megatonni tashkil qiladi.

Mavzuga doir: Yerga bir emas, ikki potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda