Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga qo‘yilgan zirhli texnikada yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Skrinshot

Ijtimoiy tarmoqda ko‘rgazmaga olib chiqilgan harbiy texnika yongani aksi etgan video tarqaldi. Holatga Milliy Gvardiya Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko’ra, joriy yilning 13-yanvar kuni soat 22:20larda Xalqlar do‘stligi san’at saroyi maydoniga 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib chiqilgan Milliy gvardiyaning yengil zirhli texnikasining salon qismida qisqa tutashuv natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in qisqa vaqtda to‘liq bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan hodisa natijasida fuqarolarga jabr yetkazilmagan.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.