Afg‘oniston axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid va TIV vakili Bilol Karimiy O‘zbekistonga energiya ta’minoti tiklangani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Foto: Google

“Mamlakatimizni energiya bilan ta’minlash muammolarini hal qilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Amirlik barcha qo‘shnilari bilan yaxshi va mustahkam munosabatlar tarafdori. O‘zbekiston biz uchun to‘liq ishonchga loyiq qardosh mamlakat. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud barcha masalalar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida hal etiladi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tolimarjon IESdagi texnik nosozliklar tufayli Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirgani haqida xabar berilgan edi.