Avvalroq Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida “Cobalt” avtomobilining gaz balloni portlab ketganligi bo‘yicha YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, ushbu hodisa 2021-yilning 4-dekabr kuni soat 14:10larda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.L.ning yashash uyi hovlisida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Muborak tuman FVB hamda IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.