Xabaringiz bor, O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvardan 10 mingga yaqin mahallada hokim yordamchilari ish boshlashdi.

Foto: Google

“Sirdaryo Xabarlari” ma’lumotlariga ko’ra, Sirdaryoda mazkur lavozimga tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq, viloyatida to‘rt nafar bank filiali boshqaruvchisi “Hokim yordamchisi” lavozimiga tayinlangan:

  • “Agro bank” Boyovut tumani boshqaruvchisi Yuldashev Jamshid Jumaboyevich (Boyovut tumani “Mirishkor” mahallasi);
  • “Agro bank” Guliston tumani boshqaruvchisi Bekboyev Zuxriddin Jaxongirovich (Guliston tumani “Soyibobod” mahallasi);
  • ”Xalq bank” Oqoltin tumani boshqaruvchisi Boyturayev Zafar Mavlonovich (Oqoltin tumani “Obod” mahallasi);
  • “Mikrokreditbank” Sirdaryo tumani boshqaruvchisi Mirzakulov Olimjon Kazakbayevich (Sirdaryo tumani “Oq yo‘l” mahallasi). Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo tumani hokimi Mirzaqulov Botirjon Kazakbayevich.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartib bo‘yicha “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi” lavozimiga tayinlanganlar — 2 yil ish o‘rni saqlangan holda hozirga qadar egallab turgan lavozimlaridan vaqtincha ozod etiladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Andijonda hokim yordamchilarining ish formasi uchun oz emas, ko’p emas naqd 855 mln. so‘m ajratilgani xabar berilgandi.