Gumondor Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan noyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Sputnik

Joriy yilning 11-yanvar kuni Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor B.Amanbayev hujjatlarni tekshirish maqsadida “Nexia-2” rusumli transport vositasi to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida avtomobilga tegishli hujjatlar yo‘qligi va avtoulov boshqa fuqaroga tegishli ekani aniqlangan.

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonda fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi B.A. qidiruvdaligi aniqlangan va u shu vaqtning o‘zida hibsga olingan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, haydovchi 1982-yilda tug‘ilgan B.A. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik ko‘p miqdorda) va 3-qismi «B» bandi (firibgarlik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi) bilan ayblanib, Zangiota tumani IIB tomonidan noyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.