Avvalroq, Afg‘oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini kelishuvsiz 60 foizga qisqartirganini da’vo qilgani xabar berilgandi.

Foto: Google

O‘zbekiston tomoni bu holatni “texnik muammolar” bilan izohlab, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida texnik xususiyatdagi muammolar aniqlangani tufayli eksport hajmi kamayganini aytgandi. 

Bugun, 13-yanvar kuni ertalab DABS O‘zbekiston elektr energiyasini zarur hajmda yetkazib berishni qayta tiklaganini xabar qildi.  

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini Markaziy Osiyo davlatlaridan, xususan, O‘zbekiston va Tojikistondan sotib oladi.